Zarafshonda harbiylar bilan vatanparvarlikka oid tadbir o‘tkazildi
13.01.2022, 11:25

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni. Shuningdek, bu kun jasorat va mardlik bayramidir. Mamlakatimizda nishonlanishi arafasida turgan ushbu bayram kuni oldidan hududlarda turli tadbirlar amalga oshirilimoqda.
Jumladan, Zarafshon shahrida ham harbiylar bilan vatanparvarlikka oid tadbir tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati, O’zLiDeP Zarafshon shahar Kengashi raisi Z.Hotamova hamda Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashi deputati O.Temirovlar ishtirok etishib, yurt posbonlariga xalqning ulug‘ hurmati va iftixori borligini bildirishdi.
Shuningdek, tadbirda IIV Qorovul qismlari 7532-sonli harbiy qism komandiri S.Eshnazarov so‘zga chiqib, vatan himoyasiga bel bog‘lash katta masuliyat bilan birga yuksak ishonch ekanligi va mard insonlargina ana shu ishonchni oqlashlari haqida gapirib o‘tdi.
-Bugungi tadbirimizning nomi ham “Mardlar qo‘riqlaydi vatanni”, deb nomlandi. Darhaqiqat, vatanni himoya qilmoq, uni qo‘riqlamoq uchun mardonavorlik kerak insonga, - dedi S.Eshnazarov o‘z so‘zida.
Harbiy qismlar zobitlari va komandirlar ishtirokida o‘tgan bayramoldi ma’naviy-ma’rifiy tadbir samimiy qutlovlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda yakun topdi.
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Nuroniylar mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda faollik ko‘rsatmoqda
03.10.2023, 10:24
-
O’zbekiston va Germaniya hamkorliginining istiqbollari belgilandi
03.10.2023, 10:01
-
Ayol bilan jamiyat go‘zal, hayot charog‘on
29.09.2023, 16:18
-
Davlatimiz ravnaq topishi yo‘lida hech qachon izlanish va intilishdan to‘xtamaymiz
29.09.2023, 16:13
-
Onkologik kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish lozim
29.09.2023, 15:50
Fikringizni qoldiring