Taraqqiyot strategiyasi – qashqadaryolik deputatlar nigohida

13.01.2022, 11:26

Taraqqiyot strategiyasi – qashqadaryolik deputatlar nigohida

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Qarshi shahrida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi” Farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatini partiyaning viloyat Kengashi raisning birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov ochar ekan,  Prezidentimiz tomonidan olg‘a surilayotgan keyingi besh yillikka mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida ta’lim, fan, madaniyat, san’at, sanoat ishlab chiqarish, iqtisodiyot, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda muayyan yutuqlarga erishi, aholining turmush darajasini yuksaltirish borasida ulkan yutqularni qo‘lga kiritish mo‘ljallanganligi qayd etdi.

Tadbirda “Hududlarni mutonosib rivojlantirish – mamlakatimiz taaraqqiyotining garovi” mavzusida  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi raisining Mafkuraviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tohir Qurbonov, “Yangi O’zbekiston strategiyasi – mamlakat taraqqiyoti kafoloti” mavzusida partiya viloyat Kengashi Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Bozorov ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, deputatlar va partyai faollari Farmon loyihasi yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirishdi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    528
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+