Vatanni ulug‘lash oliy qadriyat
13.01.2022, 11:28

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O’zLiDeP Kegeyli tuman Kengashi tomonidan tumanidagi “Vatanparvar” boshlang‘ich partiya tashkilotida “Vatanni ulug‘lash oliy qadriyat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil qilindi.
Unda so‘z olganlar O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabriklab, davlatimiz tomonidan Milliy armiyamizga qaratilayotgan e’tibor, mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarhadlarimiz daxlsizligini xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishda, Ona vatanimizning tinchligi, xalqimizning farovon turmush kechirishida milliy armiyamizning tutgan o‘rni katta ekanligini qayd etishdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasining ahamiyatini ham tushuntirib o‘tildi. Mazkur Farmon loyihasi yetti ustuvor yo‘nalishdan iborat bo‘lib, Taraqqiyot strategiyasining barcha yo‘nalishlari aholi farovonligi, inson qadrini ulug‘lash g‘oyasi mujassam ekanligi, Taraqqiyot strategiyasida kelgusi besh yillikdagi barcha sohalarni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, sud-huquq, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tashqi siyosat borasida qator yangi marralarni zabt etish ko‘zda tutilgani qayd etildi.
Shuningdek Kegeyli tumani Mudofaa bo‘limida mamlakatimiz tinchligi va xalq farovonligi yulida xizmat qilib kelayotgan shifokor ayol Reymbayeva Zlixa Amanbay qizi Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi
11.05.2022, 15:20
-
Tibbiyot xodimlarining 12 nafari partiya safiga qo‘shildi
07.05.2022, 14:47
-
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi
27.04.2022, 16:17
-
Qiziltepada faoliyat boshlagan uy bog‘chada BPT tashkil qilindi
25.04.2022, 15:20
-
Targ‘ibot natijasida korxonaning 50 nafar ishchi xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
21.04.2022, 14:46
Fikringizni qoldiring