“Mard askar - yoshlarga namuna” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
13.01.2022, 11:29

Xalq deputatlari Tomdi tuman Kengashi deputati A.Dospanbetova tumandagi O’zbekiston Qurolli kuchlarining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Mard askar - yoshlarga namuna!” mavzusida davra suhbati tashkil qildi.
Tumandagi 5-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbir “xalq va armiya bir tanu bir jondir!” shiori ostida o‘tkazildi.
Tadbir harbiy qism mutasaddilarining yoshlar bilan uchrashuvi shaklida, o‘zaro samimiy muloqot tarzida davom etdi.
Yoshlar harbiy vatanparvarlikka oid munosabatlarini bildirish yurt himoyasida bo‘lish har bir yigit–qiz uchun sharaf ekanliginini va bugungi kun yoshlari bu tuyg‘uni yurak-yuraklaridan his qilishini aytishdi.
Shuning barobarida yosh avlod vakillari bayram munosabati bilan harbiy qismlarning fidoyi komandirlariga o‘zlarining o‘zlarining dil izhorlarini bildirishdi, vatan himoyachilari kuni bilan tabriklashdi.
- Vatanparvarlik nafaqat harbiylarga, balki shu tuproqda unib-o‘sgan barchaga birday taalluqli. Odam o‘z uyini o‘zi muhofaza qilishi kerak. Xuddi shunday o‘z vatanimiz himoyasida ham o‘zimiz turamiz. Shuning uchun yoshlarga bu tuyg‘uni singdirib borishimiz, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashimiz shart. Bugungi tadbirimiz ham ana shu maqsadga yo‘naltirildi, - deydi deputat A.Dospanbetova.
Tadbir nihoyasida yoshlar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Muzaffar vatan - munavvar olam” nomi ostida suratlar taqdimotini ham tashkil etishdi.
Shuningdek, vatan posbonlariga bag‘ishlangan musiqiy chiqishlar tabirda ishtirok etgan harbiylar uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.
O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
-
Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol
22.09.2023, 16:37
-
Men o‘zbek ayolining nelarga qodirligini dunyo ko‘rishini istayman
22.09.2023, 16:33
-
O’zbekistonda ovchilik guvohnomasini olgan yagona ayol ekanligimdan faxrlanaman
22.09.2023, 16:27
-
Partiyaviy loyihalar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda
22.09.2023, 15:26
Fikringizni qoldiring