Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni
13.01.2022, 11:31

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ayollar qanoti” bo‘limi va Nukus shahar Kengashi bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari Nukus batalonida O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganiga 30 yil to‘lishi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Tadbirda so‘z olganlar barcha mard o‘g‘lonlarimizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganiga 30 yil to‘lishi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan chin dildan tabrikladi. Bundan tashqari Prezidentimizning “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ham atroflicha muhokama qilindi. 7 ta yo‘nalishdan iborat Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yanada ulug‘lash, aholi faravonligini yuksaltirish g‘oyasi mujassam ekanligi tadbirda alohida qayd qilindi.
Tadbir davomida mamlakatimizda milliy armiyamizni yanada isloh etishga qaratilayotgan e’tibor, yurtimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar, Vatan himoyasi yo‘lida harbiylarimizning ham fidokorona xizmatlari bor ekanligini alohida e’tirof etildi.
Tadbirda 72-61 harbiy qismning vatan himoyachilariga mamlakatimiz tinchligi, xalq farovonligi yulida xizmat qilib kelayotganligi uchun partiyaning Tashakkurnomasi topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Deputat ko‘magida ishsiz ayollar o‘z biznesini boshladi
04.05.2023, 16:22
-
Nurobodlik ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o‘rgatilmoqda
04.05.2023, 16:17
-
“King garment textile” korxonasi rahbari Gulrux Xudoyberdiyeva: “Imkoniyatlardan unumli foydalanyapmiz”
28.04.2023, 11:38
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xotin-qizlar faollariga targ‘ib qilindi
19.04.2023, 14:59
-
Xotin-qizlar barcha sohada o‘zini namoyon etishga haqlidir
17.04.2023, 16:03
Fikringizni qoldiring