Yigit borki – qo‘rg‘on butun

13.01.2022, 11:42

Yigit borki – qo‘rg‘on butun

Vatan himoyachilari kuni yaqin. Bu yil ushbu kunda Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganiga 30 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan joylarda o‘tkazilayotgan tadbirlarda O’zLiDePning faol yoshlari, tashabbuskorlari ham ishtirok etishmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Sariosiyo tumanidagi “Billur” mahallasidagi madaniyat uyida bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning Sariosiyo tumani Kengashi faol yoshlari, harbiy xizmatchilarning oila a’zolari ham ishtirok etib, harbiy vatanparvarlik ruhida namoyish etilgan chiqishlarni o‘zgacha zavq va ishtiyoq bilan tomosha qilishdi. “Vatanparvarlik oyligi” doirasida tashkil etilgan tadbirda yurtni, ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Ayni ta’til kunlari tashkid etilgan tadbir yoshlarning yana bir kunini mazmunli va maroqli o‘tkazishlariga sabab bo‘ldi. Vaholanki, bunday tadbirlar endigina katta hayot ostonasiga bo‘y cho‘zayotgan, ulg‘ayib borayotgan o‘tli nigohlarning qalbida shu yurt tuprog‘ini asrab-avaylash, odamlarni ayash kabi ezgu fazilatlarni uyg‘otishga xizmat qiladi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+