O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari muzeyida davra suhbati o‘tkazildi

13.01.2022, 14:38

O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari muzeyida davra suhbati o‘tkazildi

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik paltasidagi fraksiyasi hamda tegishli hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi munosabati bilan “Mamlakatizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari muzeyida bo‘lib o‘tgan tadbirda Prezidentimizning  “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida barcha sohalar qatori mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan keng ko‘lamli maqsad va vazifalar belgilanligi alohida e’tirof etildi.

Xususan, mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli sub’ekt sifatidagi rolini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu borada hamkor mamlakatlar bilan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borish, ular bilan ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish, yirik tadbirlarda mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha O’zbekiston pozitsiyasi hamda umumjahon miqyosidagi tashabbuslarini ilgari surish maqsadi qo‘yilmoqda.

Yana bir muhim vazifalardan biri Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqishdir. Shuningdek, farmonda davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish kabi muhim vazifalar belgilangan.

Tadbirda so‘z olganlar so‘ngi yillarda Qurolli Kuchlarimizning jangavor shayligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasini yangilash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish, yoshlarni vatanparlik ruhida tarbiyalash borasida salmoqli ishlar olib borilayotganligi e’tirof etildi.  

Tadbir doirasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomidan O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari fidoyilarini taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Qurolli kuchlar safida xizmat qilib kelayotgan harbiy xizmatchilarga partiyaning tashakkurnomasi topshirildi.

  • Ko'rildi
    798
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+