Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir

14.01.2022, 10:02

Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir

Bugun mamlakatimizda 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni”ni milliy bayram sifatida katta tantana bilan nishonlash o‘ziga xos an’anaga aylangan. Bu bejiz emas, albatta. Vatan himoyachilari kuni bayramining har yili umumxalq bayrami tarzida keng nishonlanishi zamirida xalqimizning o‘z himoyachilariga bo‘lgan yuksak ishonchi turibdi. Xalq farovonligi tinchlik va osoyishtalik bilan chambarchas bog‘liq.

Shu ma’noda O‘zLiDeP  Andijon viloyat Kengashi tashabbusi bilan  xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputatlari, O‘zLiDeP  deputatlik guruhi a’zolari, partiya qoshidagi “Faxriylar kengashi” tomonidan “Vatan himoyasi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir” mavzusida bayram tadbiri tashkillashtirildi.

Bayram tadbirini partiya viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib berdi va u o‘z so‘zida milliy armiyamizning tashkil topish tarixi, o‘tgan yillar davomida hukumatimiz tomonidan Qurolli Kuchlarga qaratilayotgan e’tibor, qisqa muddat ichida professional armiyamiz shakllanganligi, harbiylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, shuningdek inson qadrini ulug‘lash bosh maqsadimiz ekanligini  alohida ta’kidladi.

Bir piyola choy ustida tashkil etilgan mazkur tadbirda  faxriylarimiz, deputatlar, faol yoshlar, partiya viloyat kengashi apparat xodimlari bayram munosabati bilan ulug‘landilar.

  • Ko'rildi
    452
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+