Vatan himoyachilariga partiyaning tashakkurnomasi topshirildi

14.01.2022, 10:05

Vatan himoyachilariga partiyaning tashakkurnomasi topshirildi

Jannatmakon yurtda yashayotgan har bir farzand vataniga sodiq xizmat qilishdek fazilatlarni muqaddas burch deb hisoblaydi. So‘ngi yillarda islohotlarga hamohang viloyatimizda ham harbiylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning oila a’zolari yashash sharoitlarlarini yaxshilashga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tashabbusi bilan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Vatan himoyasi sharafli burch!” shiori ostida Namangan shahridagi 7254-xarbiy qism xodim va askarlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda  Namangan  viloyat  Kengashi appparat rahbari O.Maxmudov hamda shahar Kengashi deputati S.Gapparovalar barcha harbiylarni vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etgan holda, ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Xizmat burchlaridan tashqari harbiylar istiqomat qilayotgan bino orqasida tashkil etilgan tomorqadagi limonariya partiya xodimlarini hayratga soldi. Xattoki harbiy qismda ham yurtboshimiz olib borayotgan siyosatlaridan biri tomorqachilikni rivojlantirish yo‘lga qo‘yilgan ekan. Harbiy qismda o‘z xizmat vazifasini sitqidildan ado etayotgan bir guruh harbiy qism hodim va askarlariga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi. Harbiy qism komandiri Podpolkovnik U.Mamadjonov O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi apparat rahbari O.Maxmudovga doimiy hamkorligi uchun harbiy qism qo‘mondonligining tashakkuromasini topshirdi. Partiya jamoasi tomonidan topshirilgan bayram tabrigi konvertlari harbiy qism xodim va askarlariga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+