Qahramonlarning yodi aslo unutilmaydi

14.01.2022, 10:08

Qahramonlarning yodi aslo unutilmaydi

Mamlakatimiz tinchligi va ozodligi yo‘lida kurashganlarning yodi, xotirasi hech qachon unutilmaydi. Zero, xizmat vaqtida vafot etgan yurtdoshlarimizning so‘nmas xotiralarini yod etib, ularning ruhi poklariga hurmat bajo keltirish — biz uchun ham qarz, ham farzdir.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O’zLiDeP Toyloq tumani Kengashi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda turli madaniy-ma’rifiy, xotira tadbirlari tashkil etmoqda.

O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi qoshida tashkil etilgan Faxriylar Kengashi faollari ana shunday ezgu tadbirlardan biriga bosh bo‘ldi.

Tuman mudofaa bo‘limi, O’zLiDeP Toyloq tuman Kengashi, tuman Nuroniy jamoatchilik Kengashi bilan hamkorlikda, xizmat paytida qahramonlarcha halok bo‘lgan tumanning jasur o‘g‘lonlari serjant Akmal Mirzaahmedov hamda oddiy askar Fayoz Mansurovlarning oila a’zolari holidan xabar olishdi. Tadbirda ishtirok etgan viloyat markaziy harbiy okrug harbiy qism komandiri, mayor O. Qosimov Mudofaa Vazirligi tomonidan berilgan "O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganining 30 yilligi” ko‘krak-nishoni hamda 2 million so‘m pul mukofoti, shuningdek, tuman hokimining qimmatbaho sovg‘alarini marhumlarning ota-onalariga topshirdi.

Jaxongir Xo‘jamkulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    248
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+