Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligi keng nishonlanmoqda
14.01.2022, 10:09

O’zLiDeP Shirin shahar Kengashi “O’zbekiston-biz uchun yagona va buyuk Vatan” mavzusida harbiy-vatanparvarlik va madaniy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazdi.
Mutafakkir shoir Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, bu dunyoda er yigitning eng buyuk, ezgu va muqaddas vazifasi, avvalo, o‘z oilasi, Vatani va xalqini munosib himoya qilishdan iboratdir. Ana shunday g‘oyat mas’uliyatli va olijanob vazifani sharaf bilan ado etib kelayotgan mard va jasur, el-yurtga sadoqatli o‘g‘lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Aynan ularning yerda va ko‘kda, suvda va quruqlikda olib borayotgan mardona xizmatlari tufayli osmonimiz musaffo, bolalarimiz, mo‘‘tabar onalarimiz, keksalarimiz xotirjam yashamoqda, yurtimiz obod, xalqimiz hayoti farovon bo‘lmoqda.
Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O’zLiDeP Shirin shahar Kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi Shirin shahar bo‘limi, Shirin shahar madaniyat bo‘limi, Shirin shahrida joylashgan harbiy qismlar hamkorligida Shirin shahar Bolalar musiqa va san’at maktabi binosida “O’zbekiston – biz uchun yagona va buyuk Vatan” mavzusida harbiy-vatanparvarlik va madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Shirin shahar Madaniyat bo‘limi badiiy jamoasi va Sayhunobodlik havaskor xonandalar tomonidan Vatanni, tinchligimizni, ozodligimizni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.
Tadbir yakunida harbiy qismlarda namunali xizmat faoliyatini olib borayotgan bir qator xizmatchilarga O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Shirin shahar hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.
Tadbir yakunida harbiylar tomonidan jangovor mashqlar sahnasi namoyish etildi.
OʼzLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O'zLiDeP ishchi guruhlari faoliyati tahlil qilindi
17.05.2022, 18:34
-
Qo‘shma majlis yakunlari bo‘yicha O'zLiDeP fraksiyasi rahbari A.Xaitov brifing o‘tkazdi
17.05.2022, 12:23
-
Qo‘shma yig‘ilishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish masalasi muhokama qilindi
17.05.2022, 12:07
-
G’alla yetishtirishda joriy etilayotgan yangi islohotlar
17.05.2022, 10:21
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
Fikringizni qoldiring