Xorazmlik partiyadoshlar harbiylarni bayram bilan tabrikladi

14.01.2022, 10:14

Xorazmlik partiyadoshlar harbiylarni bayram bilan tabrikladi

Joylarda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” dasturi doirasida viloyatdagi mehnat jamoalari, ta’lim muassasalari, mahallalarda uchrashuvlar o‘tkazilib, mamlakatimiz va xalqimiz tinchlik-osoyishtaligini himoya qilayotgan harbiy xizmatchilarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi. 

Sana munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat Kengashida tadbir tashkil etildi. Unda partiya viloyat va Urganch shahar kengashi vakillari yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladilar.

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan davlatimizning harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini ifoda etuvchi yangi Mudofaa tizimining ishlab chiqilgani Vatanimiz tinchligi, osoyishtaligi, xalqimizning baxtli, farovon hayotining muhim kafolatiga aylandi, — deydi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat Kengashi rahbari Davron Ibragimov . — “Armiya va xalq — bir tanu bir jon!” degan olijanob g‘oya hamda amaliy harakat har bir inson qalbida vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat hissini oshirib, barchamizni ezgu maqsad atrofida birlashtirmoqda.

Bugungi kunda mazkur Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyat Kengashi yoshlarni davlat suverenitetini himoya qilish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini keng ommalashtirish orqali sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlar va muhtoj oilalar farzandlarini turli kasblarga tayyorlashda katta xizmat qilmoqda. Xususan o‘tgan yil davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2000 ga yaqin yoshlarni 10 dan ortiq turli kasblarga imtiyozli ravishda tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shgan.

Partiya vakillari bayram munosabati bilan tashkilot tarkibidagi boshlang‘ich partiya a’zolarini tabriklab ularning sharafli va mas’uliyatli vazifalarida kuch-quvvatlar tiladilar va partiyaning tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Sharifa Xajiyeva,

O’zLiDeP Urganch shahar Kengashi

 apparat rahbari

  • Ko'rildi
    196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+