Vatan himoyasi muqaddas burch
14.01.2022, 10:16

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil qilinganiga 30 yil to‘lishi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Vatan himoyasi muqaddas burch” shiori ostida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida ma’naviy tadbir tashkil qilindi.
Ta’kidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati azmu shijoatli va har ishda yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir.
Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz. Vatanimizning xavfsizligi, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda ta’minlanmoqda.
Milliy armiyamizda xizmat qilish O’zbekiston fuqarolari uchun nafaqat konstitutsiyaviy burch, ayni paytda tom ma’nodagi shon-sharaf ishiga aylanganligi ham ayni haqiqat.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar Vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch ekanligi, bu burchni ado etishda yurtimizning himoyachilari bo‘lgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashda olib borayotgan xizmatini munosib baholash hamda ularga zarur-sharoit yaratish masalalari ham davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd qilindi.
Uchrashuv davomida bayram munosabati bilan bir qator afg‘on urushi qatnashchilariga partiya tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Urgut tumanidagi 79 nafar hokim yordamchilari partiya safiga qo‘shildi
23.05.2022, 16:05
-
Suv tejovchi texnologiyalarning ayrimlari nega ishga tushirilmagan?
23.05.2022, 15:51
-
O’zLiDeP deputatlari mahalla raislari saylovining ochiq va oshkora ruhda o‘tishida faollik ko‘rmoqda
23.05.2022, 15:49
-
Deputat tashabbusi bilan ko‘chma svetofor o‘rnatildi
23.05.2022, 15:47
-
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik –tanlovining Qo‘ng‘irot tuman bosqichi o‘tkazildi
23.05.2022, 15:45
Fikringizni qoldiring