Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi

14.01.2022, 10:18

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi

O’zLiDeP Mirzaobod tumani Kengashi “O’zbekiston - biz uchun yagona va buyuk Vatan” mavzusida harbiy-vatanparvarlik va madaniy-ma’rifiy tadbirni o‘tkazdi

Xalqimizning «Bilagi zo‘r birni yengadi, bilimi zo‘r-mingni» degan maqolida chuqur ma’no bor. Shu nuqtai nazardan, Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiya qilish, xususan, harbiy ta’lim sohasiga zamonaviy bilim, ilg‘or xorijiy tajribalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilayapti. Ayniqsa, shaxsiy tarkib o‘rtasida milliy o‘zlikni anglash va jangovar ruhni, vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish, harbiy xizmatchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga e’tibor oshirilayapti.

Mirzaobod tumanida joylashgan safarbarlikka chaqiruv xizmati batalonida O’zbekiston qurolli Kuchlarining tashkil topganiga 30 yil to‘lishi munosabati va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayramona uchrashuv ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirga jam bo‘lgan askarlar uchun tabrik yo‘llagan O‘zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi apparat rahbari Abduhamid Sulaymonov, tuman Kengashi deputatlari Hamroqul Sohibov va Shohista Jumaboyevalar askarlar misolida butun harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga tilaklarini bildirishdi.

Harbiy qism podpolkovnigi Feruz Komilovning bayram tadbiri hammaga jo‘shqinlik baxsh etdi.

Sirdaryo viloyat “Sirdaryo navolari” ashula va raqs ansambli, O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Asatullo Xoliqov ijrosidagi badiiy dastur tinchlik va ozod yurtning taronasi bo‘lib yangradi.

O‘zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi apparat rahbari Abduhamid Sulaymonov, askarlarga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Bayram tadbiri safarbarlikka chaqiruv xizmati bataloni guruh komandiri katta leytenant D.Niyazovning xonadonida davom etdi. O‘zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi apparat rahbari A. Sulaymonov va tuman Kengashi deputati Sh.Jumaboyevalar D.Niyazov istiqomat qilayotgan  Guliston shahri “Yangi hayot” mahallasi 6-uy 2- xonadonida suhbat qurishdi. Oilaboshining farzandlari bilan olib borayotgan mashg‘ulotlari, kundalik hayoti bilan qiziqishdi.

- Farzandlarimiz ham mening harbiy qismda xizmat qilishimdan faxrlanishadi. Filmlarda askarlarni ko‘rib qolishsa “Dada, bular sizning o‘rtoqlaringizmi?” deyishadi. Ayniqsa, o‘g‘lim bilan mashq bajarib turamiz.

O‘zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashining esdalik sovg‘alaridan jajji askarlar ham xursand bo‘lishdi.

OʼzLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    909
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+