Karmanada IIB xodimlari va harbiylar o‘rtasida “zakovot” bellashuvi o‘tkazildi
14.01.2022, 10:29

Karmanada Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Zakovot” bellashuvi o‘tkazildi. O’zLiDeP Karmana tuman Kengashi, “Ayollar qanoti” faoli L.Navro‘zboyeva tashabbusi bilan tashkil etilgan “Vatan - mening sha’nimsan!” deb nomlangan bayramoldi tadbirni O’zLiDeP Karmana tuman bo‘limi apparat rahbari Ya. Xudoyberganov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.
Shundan so‘ng tadbir mehmonlari O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zoari Sh.Shernazar hamda H.G’afforovalar so‘zga chiqib, bellashuv qatnashchilarini bayram bilan tabriklashdi, o‘tkazilayotgan kuchlar va bilimlar sinovi oldidan ularga omad va muvaqffaqiyat tilashdi.
Tadbirda Karmana tuman IIBning “Qalqon” hamda 99368-sonli harbiy qismning “Jasorat” yoshlar jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
Bellashuv davomida ishtirokchilarga Karmana tarixi, mamlakat siyosati, shuningdek, badiiy adabiyot bo‘yicha qator savollar berilib, harbiylarning bu boradagi bilimlari tekshirildi.
Savol-javoblar viktorinasi hay’at a’zolari tomonidan odilona baholandi, Karmana tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i, mayyor U.Dadaboyev tomonidan g‘olib guruh nomi tantanali ravishda e’lon qilindi.
Tadbirning yakunlovchi qismi Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining chiqishlari bilan mushoiraga aylanib ketdi. Vatanga sadoqat, ona diyorga muhabbat mavzusida yozilgan she’rlar tinglandi.
Kutubxona markazida yorqin tassurotlar bilan o‘tgan bayram tadbiri so‘nggida zakovotchi yoshlar O’zLiDePning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi, kutubxona mamuriyatiga esa Sh.Mirziyoyevning “Yangi O’zbekiston strategiyasi” asari taqdim qilindi.
O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDePning navbatdagi event-tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi
30.03.2023, 14:11
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli bo‘ladi
30.03.2023, 12:29
-
Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat
30.03.2023, 12:26
-
Islohotlar inson qadri uchun
30.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring