“Yoshlar bilan” loyihasi: “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng muhim vazifa”

14.01.2022, 10:43

“Yoshlar bilan” loyihasi: “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng muhim vazifa”

“Yoshlar bilan” loyihasining navbatdagi sonida yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va uning samaradorligi muhokama qilindi.

Tadbirda OʼzLiDePning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlardagi deputatlari, vazirlik va idoralar vakillari, partiya faollari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari bilan yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini rivojlantirishga oid bir qator vazifalar belgilanganligi alohida ta’kidlandi.

Tadbir so‘ngida qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi.

- yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini chuqur singdirish;

- yoshlarda milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni kuchaytirish;

- milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat har bir O’zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch ekani;

- yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini oshirish;

- yoshlarda turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;

- zamonaviy harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga ega yoshlarni tarbiyalash;

- O’zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish — bu bugungi kun talabi ekanini hayotiy misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish mexanizmlari kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    976
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+