Saylovchilar bilan yuzma-yuz: Deputatning yil sarhisobi

17.01.2022, 11:50

Saylovchilar bilan yuzma-yuz: Deputatning yil sarhisobi

Xatirchi tumanidagi 47-Mustaqillik saylov okrugidan Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputatligiga saylangan M. Eshniyozov o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Deputat 2021 yil yakunlari bo‘yicha saylovchilari oldida hisob berib, xalq noibi sifatida aholidan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilganiyu, ijobiy yechimlari va yechilmagan muammolarning sabablari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Xatirchi tuman XTBga qarashli 53-sonli umumta’lim maktabida  tashkil etilgan mazkur sarhisob uchrashuvi Oltinobod MFY aholisi bilan bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati O’.Odilov, mahallaga yangi tayinlagan hokim yordamchisi O.Bo‘ronov, profilaktika inspektori va mahalladagi guzarlar oqsoqollari ham  ishtirok etishdi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot erkin-savol javoblar tarzida kechdi.

Shuningdek, deputat kelgusi yil rejalari, mahalla ahlini qiynayotgan va nazardan chetda qolib kelayotgan muammolar  bilan ham o‘rtoqlashdi.

Xususan, Navandak qishlog‘idagi katta kuchlanishli elektr tokini o‘tkazib beruvchi simyog‘ochlarning yaroqlilik holati, shu qishloqdagi 41- sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilarining maktabga kelar yo‘llarini bog‘lovchi ekstremal ko‘prik ta’miri masalasi, mahalliy aholi tomonidan o‘z kuchi bilan qo‘lbola tayyorlanib, foydalanib kelinayotgan simyog‘ochlar haqida, shuningdek, Oltinobod qishlog‘idagi palapartish tok uzatgichlar, ayollar bilan bog‘liq masalalarni hal etish choralari belgilab olindi. O’z o‘rnida zarur holatlar uchun huquqiy maslahatlar berildi.

Hisobot uchrashuvining davomi sifatida, deputat madadidan umidvorlik bilan qilingan murojaatlar joyiga borib o‘rganildi.

Aynan muammo sifatida ko‘tarilgan ko‘prik masalalarining qay darajada jiddiy ekanligi hokim yordamchilari bilan birgalikda tekshirib ko‘rildi.

Ayniqsa, deputat faoliyatida ko‘pdan beri o‘z yordamini ayamay kelayotgan faol oqsoqollar partiyaning esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

  • Ko'rildi
    266
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+