O’zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari klaster usulida faoliyat yuritayotgan BPT faoliyati bilan tanishdi

17.01.2022, 11:56

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” vakillari klaster usulida faoliyat yuritayotgan BPT faoliyati bilan tanishdi

G’ijduvon tumanidagi “Parvoz Xumo Ravnaq Trans” MChJ  faoliyati klaster usulida tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda bir nechta jarayonda ish olib boriladi. Dastlab paxta xom ashyosini, so‘ngra esa paxta tolasini qayta ishlash hamda so‘nggi bosqichda ip kalava ishlab chiqarish ana shunday muhim jarayonlardir. Korxonada bugungi kunda 200 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan. Ip kalava ishlab chiqarish, mato to‘qish va bo‘yash, gul bosish, tikuv sexlarida hamisha ish qizg‘in. Hududdagi yog‘-moy zavodi  mahsulotlariga ham talab katta. Donni qayta ishlash sexlarida ham endilikda kundalik mehnat bir maromda davom etmoqda. Chorvachilik kompleksida parvarishlanayotgan 1700 bosh qoramol aholini go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlash imkonini berayapti.

Korxona mahsulotlariga horijda ham talab katta. Birgina o‘tgan 2021 yilda Rossiya, Eron, Turkiya,  Xitoy, Misr,  Qirg‘iziston, Polsha, Italiya singari  chet el davlatlariga  jami 17 million AQSh dollari miqdorida   to‘qimachmlik mahsulotlari eksport qilindi.

O’zLiDeP ning dasturiy maqsad va vazifalarini tuman miqyosida  bajarishda yangi marralarga intilayotgan korxonada tashkil etilgan BPT ning o‘z o‘rni bor. Partiyaning ushbu quyi bo‘g‘ini o‘z faoliyatini bor –yo‘g‘i 11 nafar maslakdosh bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda uning hisobida    163 nafar  a’zo bor.

Korxona ishchi xizmatchilari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda partiya vakillari, deputatlar mazkur korxona faoliyatini tanishishdan boshlandi. Suhbat jarayonida tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar xususida so‘z yuritildi.

Partiya  va uning  kelgusidagi maqsad va vazifalari, istiqbolli loyihalari, ayniqsa  ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga  qaratilgan  partiyaviy ishlanmalar ahamiyati va ularning hududlardagi ijrosi yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Bu haqda O’zLiDeP viloyat Kengashi ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish bo‘limi mudiri Robiya Salixova o‘z fikr–mulohazalarini bayon etdi.

Partiya viloyat va G’ijduvon tumani Kengashlari mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizning turli sohalarida o‘zini to‘la oqlayotgan klaster tizimi afzalliklari hayotiy misollarga tayangan holda asoslab berildi.

Shu kuni bu yerda partiya safiga yangi qabul qilingan bir guruh  a’zolar tegishli guvohnomalarni qabul qilib oldilar. Korxona rahbari va BPT raisi Nodir Umarovga partiya faoli sifatida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining tashakkurnomasi topshirildi.

  • Ko'rildi
    202
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+