Deputat so‘rovi bilan muammo hal etildi

17.01.2022, 11:58

Deputat so‘rovi bilan muammo hal etildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Qobiljon Dadaboyevga aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “To‘quvchi” mahallasi ichki ko‘chalarida yaroqsiz xolatga kelgan ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash hamda “Ijodkor” mahallasiga suv tarmog‘i tortish muammosini hal etishda amaliy yordam berish yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Muammoga ijobiy yechim topish maqsadida “Namangan suv ta’minoti” MChJ Davlatobod tumani bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovi asosida Suv ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan “To‘quvchi” mahallasi Aeroport ko‘chasidagi nosozliklar bartaraf etildi.

“Ijodkor” mahallasi 2022 yil “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan bo‘lib, xozirda mahalla aholosini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha loyihalashtirish ishlari olib borilayotganligi va joriy yilda mahalladagi xar bir xonadonga ichimlik suvi kirib borishi tushuntirildi.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi turmush farovonligini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlardan mahalla aholisi mamnun ekanliklarini bildirdi.

  • Ko'rildi
    448
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+