Mahallalarning yoshlar yetakchilari O’zLiDeP safiga qabul qilinyapti

17.01.2022, 12:04

Mahallalarning yoshlar yetakchilari O’zLiDeP safiga qabul qilinyapti

Barchamizga ma’lumki, shu kunlarda Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha hududlarda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi va mahallalarda yoshlar yetakchilari o‘z vazifasiga kirishdi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash aynan O’zLiDePning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib Narpay tumanida “O’zLiDeP, deputat va mahalladagi yoshlar yetakchisining hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.      

Tadbirda partiya va mahallalarning yoshlar yetakchilari bilan hamkorligini kengaytirishga qaratilgan takliflar bildirildi.

Xususan, partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida barcha tuman (shahar) Kengashlari qoshida “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu guruh faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni, jumladan mahallalardagi yoshlar yetakchilarini ham jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tadbir doirasida 20 nafarga yaqin mahallalrning yoshlar yetakchilari O’zLiDeP a’zolari safiga qabul qilindi.                                    

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    200
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+