Deputat Samarqand viloyatining eng chekka tumani paxtachilik yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi

17.01.2022, 12:05

Deputat Samarqand viloyatining eng chekka tumani paxtachilik yoshlar bilan ochiq muloqotda bo‘ldi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan viloyatning eng chekka - Paxtachi tumanida deputat va faol yoshlarning amaliy muloqoti tashkil etildi.

Tadbirda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator masalalar muhokama qilindi.

Muloqotda “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va tuman Kengashi deputatlarining hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish borasida qator takliflar bildirildi. Xusasan, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlariga yoshlar qanoti a’zolarini biriktirish orqali ularning yanada siyosiy faolligini oshirish, alohida faollik ko‘rsatgan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga olish, kelgusi deputatlik saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish takliflari bildirildi. Shuningdek, yoshlar qanoti faollarining Xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalarida doimiy ishtiroki ta’minlanib borilishi bo‘yicha takliflar bildirildi.     

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    169
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+