Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida deputat va yoshlar muloqoti tashkil etildi

19.01.2022, 11:19

Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida deputat va yoshlar muloqoti tashkil etildi

O’zLiDeP Samarqand viloyat, Pastdarg‘om va Nurobod tuman Kengashlari xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda faol yoshlar ishtirok etgan ushbu tadbirda dastlab 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yangi loyihasi yoshlar o‘rtasida keng muhokama qilindi.

Shuningdek tumanlarda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlarni samarali tashkil etish xususan tuman (shahar) Kengashlari qoshidagi “Yoshlar qanoti” guruhlari faoliyatini yanada jonlantirishga qaratilgan qator vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda tashkiliy masala ko‘rilib, Pastdarg‘om va Nurobod tuman Kengashlarining “Yoshlar qanoti” guruhlari rahbarlari saylandi.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    264
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+