“Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi

19.01.2022, 11:21

“Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan yoshlar yo‘nalishida 10 dan ortiq partiyaviy loyihalar tashkil etilib, ushbu loyihalarda yoshlarning faol ishtiroki ta’minlanib kelinmoqda.

“Yosh muvaffaqiyatli tadbirkor” loyihasi ham shular jumlasidan bo‘lib, ushbu loyiha doirasida muvaffaqiyatga erishgan yosh tadbirkorlar bilan tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarning doimiy uchrashuvlari tashkil etib boriladi.

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan “Yoshlar kelajagimiz” davlat jamg‘armasi Samarqand viloyat filiali bilan hamkorlikda Urgut tumanidagi “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasida yosh tadbirkor Majidxon Islomov bilan bir guruh tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari “Urgut sanoat servis” oilaviy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng mazkur oilaviy korxona rahbari Majidxon Islomov yoshlarga tadbirkorlik faoliyatining siru-sinoatlari, mashaqqatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlagandan tortib, to hozirgi natijaga erishganga qadar bosib o‘tilgan yo‘lni o‘z hayotiy tajribalari misolida yoshlarga tushuntirib berdi. Tadbirkor biznes sohasida erishgan barcha yutuqlarini avvalo Davlatimiz rahbari tomondan tadbirkorlarga yaratib berilgan qulay ishbilarmonlik muhiti hamda maqsadsari aniq reja asosida tinimsiz mehnat natijasi bilan bog‘laydi.

Ushbu muloqot tom ma’noda tadbirkor tomonidan yoshlar uchun mahorat darsi bo‘ldi. Muloqot jarayonida o‘zini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etgan yoshlarga O’zLiDePning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Muloqotda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlariga yoshlar qanoti a’zolarini biriktirish orqali yoshlarning yanada siyosiy faolligini oshirish, yoshlar oldida turgan tizimli muammolarni partiyaviy vositalar orqali samarali hal etish, faollik ko‘rsatgan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga kiritib borish, kelgusi deputatlik saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish takliflari bildirildi.   

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    383
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+