O’zLiDeP faollari tashabbusi: Sahovatpesha tadbirkorlar mahalla obodligi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda

19.01.2022, 11:23

O’zLiDeP faollari tashabbusi: Sahovatpesha tadbirkorlar mahalla obodligi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqda

Xalq deputatlari Gurlan tuman Kengashi deputati, partiya tuman Kengash raisi Umidbek Bazarbayev tashabbusi bilan tumandagi “Moyli” mahallasining Oltinboshoq ko‘chasiga tosh yotqizildi.

- Menga shu mahalladagi saylovchilar tomonidan juda ko‘plab murojaatlar bo‘ldi, - deydi deputat Umidbek Bazarbayev. - Ushbu murojaatlar asosida tegishli korxona, tashkilotlarga deputatlik so‘rovlarini jo‘natdim. Bu ko‘chadagi yo‘llarni ta’mirlash hududni rivojlantirish istiqbolli dasturiga asosan 2023 yilning 1-choragida bajarilishi kerak bo‘lgan. Men mahalladagi tadbirkor va fermerlarga aholining murojaatini to‘g‘ri tushuntirdim. Shundan so‘ng tadbirkor va fermerlar qishning qorli va yomg‘irli kunlarida bolalajonlarning maktab va bog‘chalarga qatnashi uchun ancha qiyinchilar tug‘dirishini aytishdi va o‘zlaring sarmoyasi evaziga yo‘lni tuzatishga kirishishdi. Men tegishli tashkilotlar bilan gaplashib texnikalarni jalb qildim. Xalqimiz bizdan xursand bo‘ldi, eng muhimi saylovchilar murojaati befarq qoldirilmadi.

Prezidentimizning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgan Inson qadrini ulug‘lab, mahallasiga yaqindan ko‘mak beradigan partiya elektorati bo‘lgan, sahovatpesha tadbikor va fermerlarimiz safi ko‘payaversin.

Durdona Qobulova,

 O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

 bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+