Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

20.01.2022, 10:33

Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

 Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, kambag‘al va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini ta’minlash borasida  keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 11 avgustdagi  “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Nukus shahrida “Ishga marhamat” monomarkazi ochilgan edi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri  o‘rinbosari, O’zLiDeP  fraksiyasi rahbari, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov Nukus shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida bugungi kunda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Nukus shahridagi oldingi kommunal-xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji binosining bir qismi qayta rekonstruksiya qilinib, “Ishga marhamat” monomarkazi  tashkil etildi.

Bu yerda “Nukus agrosanoat qurilish-montaj” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan 10,5 milliard so‘mlik rekonstruksiya ishlari bajarildi.

Mazkur markazda ishsiz, band bo‘lmagan aholini 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 19 ta kasb-hunarga va 3 ta xorijiy tillarda o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan.

Faoliyatini  boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan monomarkazda shu kunga qadar     servis va xizmat ko‘rsatish soxasi, texnik soha, rus va koreys tillari, kompyuter dizayni dasturlari, arxitektura va kompyuter savodxonligi bo‘yicha 1 ming 295 nafar tinglovchi jalb qilingan bo‘lsa, shundan bugungi kunda 466 nafar yoshlar kasb-hunar o‘rganyapti, 718 nafar tinglovchi esa tamomladi. Kasblar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak eng ko‘p tinglovchilar  tikuvchilik, massajist, konditer va oshpozlik kasblarga ko‘proq tahsil olishmoqda.       

Uchrashuvda Spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov so‘z olib, bir g‘oya va maqsad atrofida jipslashib kelayotgan O'zLiDePning siyosiy kuch sifatida  faoliyatiga, ayniqsa o‘tgan besh yil mobaynida Harakatlar strategiyasi doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish borasida qilingan ishlarni hayotiy misollar bilan qayd etar ekan, uning davomi sifatida  “Harakatlar  strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida partiya oldida turgan ustuvor vazifalarga ahamiyat qaratish kerakligini alohida ta’kidladi.

Taraqqiyot strategiyasi 7 ta ustuvor yo‘nalishdan iborat bo‘lib, unda jami 94 ta maqsadli vazifalar qamrab olingan hamda kelgusi 2022-2026 yillar davomida mamlakatimizdagi deyarli barcha sohalarni har tomonloma isloh qilish va yanada rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar belgilangan.

Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini yanada ulug‘lash, aholi farovonligini yuksaltirish g‘oyasi mujassam ekanligi yig‘ilishda alohida ta’kidlandi.

Spiker o‘rinbosari markazda tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar  bilan   yaqindan  tanishar ekan,  markazdagi  tinglovchilar hokim yordamchilari bilan hamkorlikda ishlash kerakligi, ular uchun monomarkazda ekskursiya tashkil etish, hokim yordamchilari bilan deputatlar hamkorlikda ish olib borish, Qonunchilik palatasi deputatlari Qoraqalpog‘iston  Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari bilan birgalikda ishlashni yo‘lga qo‘yish borasida qator takliflar berdi.

Bundan tashqari uchrashuv davomida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Memorandum tuzildi.     

Ushbu markaz qoshida partiyaning boshlang‘ich tashkiloti tashkil qilinib, markaz xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilindi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    1210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Муяссар2022-02-07 11:37:48

Ассалому алейкум мениг турмуш ортогим электрик курсига ёзилган биржа оркали.енди качон чакирради кандай билсак болади


Fikringizni qoldiring

+