86 yoshni qarshilagan ijtimoiy himoyaga muxtoj onaxon holidan xabar olindi
20.01.2022, 15:27

Xalq deputatlari Andijon viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari “Deputat mahallada" loyihasi doirasida jismi zaif, ammo qalbi butun yurtdoshlarimizning nafaqat xonadonlari, balki ko‘ngil sarhadlariga tashriflar davom etmoqda.
Yosh bo‘lishiga qaramay, serg‘ayrat va saxiydilligi bilan el nazariga tushgan faol deputat Sherzodbek Abdujaminov o‘zi saylangan 6-"Bunyodkor" saylov okrugi hududidagi "Maydonbozor" mahallasida yashovchi nogironligi bor xonadonlarda sahovat-xayriya tadbirlarini olib bordi.
- Savob ishni har kim, har kuni qilish kerak. Ularga bir qur nazar, zarra e’tibor bilan kamayib qolmaymiz. Ishlarimizning barakasi ham ana shu mehrimizga ilhaq odamlarning duolarida, deb o‘ylayman, - deydi deputat.
Zero, bu el ana shunday himmati balandlar bilan hamnafas ekan, “hech kim e’tibordan chetda qolmaydi”.
Ko‘ngillar ziyorati davomida "Maydonbozor" mahallasidagi 86 yoshni qarshilagan onaxon Tursinxon aya Tojiboyevaga nogironlik aravachasi topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat tashabbusi bilan ko‘chma svetofor o‘rnatildi
23.05.2022, 15:47
-
Xorazmda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi
18.05.2022, 14:57
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
-
Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi
16.05.2022, 15:31
-
Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
16.05.2022, 15:28
Fikringizni qoldiring