Bo‘kadan boshlangan xayrli tashabbus inson qadri yuksalayotganining isboti bo‘ldi

20.01.2022, 15:29

Bo‘kadan boshlangan xayrli tashabbus inson qadri yuksalayotganining isboti bo‘ldi

Geografik joylashuv jihatdan Toshkent viloyatining eng olis hududlaridan biri Bo‘ka tumanining “Bo‘ka” MFY ga tashrif buyurgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi deputatlar sayyor qabul uyushtirishdi.

2000 dan ziyod ko‘pmillatli aholisi bo‘lgan mahallada xonadonma-xonadon yurib, mavjud muammolar viloyat Kengashi deputatlari va boshqa qator mutasaddilar bilan birgalikda o‘rganilgani “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” nomiga hamohang xayrli amallardan bo‘ldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

  Bandlikni ta’minlash, dehqonchilik uchun yer ajratish, ichimlik suvi ta’minoti, tibbiy xizmat, yo‘llarni ta’mirlash va tadbirkorlik uchun kredit olish borasidagi qator murojaatlar tinglanib, ko‘pchiligi joyida bartaraf etilgan sayyor qabulda inson qadri ulug‘langanining namunasini ko‘rish mumkin bo‘ldi.

50 nafarga yaqin aholidan kelib tushgan muammoli murojaatlarning moliyaviy jihatlari shu yerda jam bo‘lgan deputatlar ishtirokida kengashildi.

Xalqimiz bugungi hayotidan rozi bo‘lib, manun yashashi uchun davlat idoralari mutasaddilarining mas’uliyati va daxldorligi oshayotganining ham guvohi bo‘lindi.

Yoshi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar qabulga kelgan har bir murojaatchi diqqat bilan tinglanib, mutasaddilarga ular tomonidan tilga olingan muammolarning yechimi borasida tegishli chora-tadbirlarning aniq  belgilab berilgani fikrimizning yaqqol isboti bo‘la oladi.

Bo‘kaga tashrif doirasida ko‘lam va mohiyati jihatidan mutlaqo yangicha yondashuv va boshqacha tizim bilan amalga oshirilishi rejalashtirilgan bu yilgi "Obod qishloq" dasturi ham aynan Bo‘kadan start oldi.

Bir so‘z bilan aytganda, Bo‘kada boshlangan xayrli tashabbus yurtimizda inson qadri yuksalayotganining yana bir amaliy isboti bo‘ldi.

O’zLiDeP ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilganini alohida e’tirof etadi.

Biz uchun yangi O’zbekiston – kuchli parlamentarizm instituti faoliyat ko‘rsatayotgan va “Inson davlat uchun emas, davlat inson uchun” tamoyili amal qilayotgan mamlakatdir.

Partiya yangi O’zbekistonning yangi qiyofasini rivojlangan infratuzilmaga ega zamonaviy shaharlar va qishloqlar tashkil etishi, zamonaviy texnologiyalar vositasida butun mamlakat aholisi turmushining yuqori darajasi ta’minlanishi, urbanizatsiya jarayoni xalq bilan muloqot asosida loyihalashtirilishi zarur, deb hisoblaydi.

Xalqni rozi qilish, aholi orasida farovon, baxtli-saodatli turmush tarzini qaror toptirish maqsadida Bo‘kada tashkil etilgan sayyor qabulda partiyaning yuqoridagi maqsadlari ham amalga oshdi.

Shuning uchun ham bu singari tadbirlarda partiyamizning boshlang‘ich tashkilotlari, hududiy Kengashlari, xalq deputatlari tuman, viloyat Kengashlaridagi deputatlari o‘z ishlariga tanqidiy-tahliliy asosda faollik bilan yondashib, viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning joylardagi tashabbuslari va yil mohiyatidan kelib chiqqan holda tashkil etishlari lozim.

 Bu borada partiyaning barcha bo‘g‘inlari qatori faollar ham birlashib, jipslashib, muammolarga amaliy yechim topishda bir yoqadan bosh chiqarib, hamnafas bo‘lishlari kerak.

O’ylaymanki, Bo‘kada amalga oshirilgan tadbirni viloyatning boshqa hududlaridagi mahallalarda “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash tizimi orqali davom ettirish lozim.

To‘lqinjon Fayziyev,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi raisi,

Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+