Mamlakatimizni qudratli, millatimizni buyuk qiladigan kuch ham ta’lim va tarbiyadir

20.01.2022, 15:36

Mamlakatimizni qudratli, millatimizni buyuk qiladigan kuch ham ta’lim va tarbiyadir

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlarida har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog‘langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekanini qayta-qayta ta’kidlamoqda.

Davlatimiz rahbari ta’lim sohasiga doimiy e’tibor qaratayotgani, tizimni takomillashtirishga yo‘naltirilgan ishlarga boshchilik qilayotgani e’tirofga loyiq.     

Kuni kecha Prezident maktablarda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda ixtisoslashtirilgan maktablar qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish masalalari muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilandi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul tartibi, o‘quvchi va muallimlar bilimini baholash tizimini qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytildi. Shuningdek, yig‘ilish davomida pedagog kadrlarga, ta’lim tizimiga daxldor bo‘lgan mutasaddilarga qo‘yiladigan talab va yuklatilgan vazifalar qayd etib o‘tildi. Chet tillarni o‘qitishni kuchaytirish va shu kabi eng dolzarb masalalar ham muhokama qilingan videoselektor yig‘ilishida aniq maqsad va vazifalar belgilab olindi. 

Qayd etish zarurki, partiyamiz va biz deputatlar ta’lim-tarbiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, mamlakatimiz xalq ta’limi tizimiga rivojlangan davlatlar tajribalarini keng joriy etish, hududlarda ta’lim samaradorligi monitoringini yuritish kabi ishlar, ya’ni dasturiy vazifalari bilan ham shug‘ullanyapmiz.

Prezidentimizning mazkur yo‘nalishdagi islohotlariga hamohang faoliyatimizga yanada mas’uliyat bilan yondashishimiz zarur. Zero, mamlakatimizni qudratli, millatimizni buyuk qiladigan kuch ham ta’lim va tarbiyadir.

Barno MIRZAMOVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,

O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi

  • Ko'rildi
    196
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+