Spiker o‘rinbosari tomorqa xizmati klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi

20.01.2022, 15:43

Spiker o‘rinbosari tomorqa xizmati klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Nukus tumanidagi “Samanbay” OFY hududida joylashgan  «Toremurat  best  tomorqa  xizmati  klasteri” MChJ da seminar tashkil qilindi. 

Seminarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,  O’zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov, tuman hokimligi, mahallalardagi hokim yordamchilari, fermer va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari  ishtirok etdi.

Seminar davomida namunali tomorqachilarning tomorqa maydonlarida yetishtirgan mahsulotlari, asalarichilik, quyonchilik, parrandachilik, bog‘dorchilik va boshqa qator serdaromad yo‘nalishlar bo‘yicha natijali faoliyat yuritayotgan, o‘z navbatida ishbilarmon tadbirkorga aylangan tomorqachilar, dehqon xo‘jaliklari egalarining mahsulot va daromad manbailari ko‘zdan kechirildi.

Aytib o‘tish joiz, bugungi tomorqachi chin manoda ham mirishkor ham tadbirkor hisoblanadi. Chunki, o‘ o‘z qo‘l mehnati bilan yetishtirgan mahsulotlarini bozorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib chiqib o‘z haridoriga sotish imkoniyatiga ega.

Aytib o‘tish joiz, tomorqa egalari va mirishkor dehqonlar faoliyatiga yaqindan yordam berishda “Tomorqa xizmati” klasterlarining tutgan o‘rni katta bo‘lib, bunda aholiga 12 yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

Mazkur klaster o‘simlik va ko‘chatlarni yetishtiruvchi issixqona, guruch va un tortish, ozuqa-em mahsulotlarini tayyorlovchi uskunalar, qishloq xo‘jaligi, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlashga mo‘ljallangan muzlatgich xonalari bilan ta’minlangan.

E’tiborli tomoni birgina tomorqa xizmati klasterning yo‘lga qo‘yilishi natijasida 300 nafarga yaqin fuqarolarning bandligi ta’minlangan. 

Spiker o‘rinbosari Aktam Xaitov hokim  yordamchilari bilan uchrashib,  Yangi O’zbekistonda mahalla tizimiga katta e’tibor qaratilayotgani,  ayniqsa ushbu yo‘nalishda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq  mahallalarda ish olib boruvchi hokim yordamchisiga katta vakolatlar va majburiyatlar  yuklanganini alohida e’tirof etdi. 

Mazkur lavozimlarning ta’sis etilganligi joylarda tadbirkorlikni  rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, shu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mahalla tizimidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbarining "Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi Farmoni loyihasida ham o‘z aksini topganligini ta’kidlab o‘tdi.

Spiker o‘rinbosari tomorqa  xizmati  klaster faoliyati bilan yaqindan  tanishar ekan, tomorqachilikni yanada rivojlantirish, mazkur tomorqa xizmati klasteri qoshidan o‘quv markazini ochish, tomorqachilikga qiziquvchi yoshlarni jalb etish bo‘yicha bir qator taklif va tavsiyalarni  berdi.

 O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+