O’zLiDeP Faxriylar Kengashi faolligi: mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda

20.01.2022, 16:00

O’zLiDeP Faxriylar Kengashi faolligi: mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi yo‘nalishlaridan biri aholi talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yurtdoshlarimiz turmush farovonligini oshirishga erishishdan iboratdir. Bu borada mahalliy Kengash deputatlari zimmasida ham katta mas’uliyat bor. 

Xalq deputatlari Shofirkon tuman Kengashidagi O’zLiDeP  deputatlik guruhi hamda partiya tuman Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashi  a’zolari – Botir Olimov hamda Akbar Elmurodovlar sa’y-harakati bilan aholini qiynab kelayotgan mavjud muammolar  o‘z joyida ko‘rib chiqilib, partiyaviy vositalar bilan hal etilishiga erishilmoqda. Hududdagi “Bobur” va “Chitgaron” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xonadonlarda istiqomat qiluvchi aholining haqli e’tirozlariga binoan qisqa vaqt ichida qishloq xonadonlarini elektr energiyasi ta’minoti borasidagi uzulishlarga shuningdek, joylarda suyultirilgan gaz balonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish borasidagi kamchiliklarga chek qo‘yildi. Ushbu MFYdagi xonadonlar hududdagi yangi o‘rnatilgan transformatorga ulandi. Tuman gaz idorasi tomonidan aholiga suyultirilgan gaz balonlarining o‘z vaqtida yetkazib berilishi yo‘lga qo‘yildi.  

Aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar chog‘ida “Chitgaron” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli 1,5 kmdan iborat ichki yo‘llarning ta’mirtalab holga kelib qolganligi bois, mahalliy Kengash deputatlarining tuman yo‘l qurilish korxonasiga kilingan murojaat asosida ushbu muammo joriy yilning may oyiga qadar hal etilib, aholi talab-ehtiyoji qondiriladigan bo‘ldi. Ushbu muhim masala ham deputatlik nazorati ostiga olindi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan hududdagi bir qator kamxarj, ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, moddiy ko‘mak ko‘rsatiladigan bo‘ldi.

E’tiborlisi bu borada amalga oshirilgan ishlar O’zLiDeP huzuridagi Faxriylar Kengashi nizomi talablariga to‘la mos keladi. Ikkala deputat ham tuman Kengashi qoshidagi Faxriylar Kengashining faol a’zolaridir.

  • Ko'rildi
    138
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+