Deputat mahalladagi muammoni zudlik bilan hal qildi

21.01.2022, 15:34

Deputat mahalladagi muammoni zudlik bilan hal qildi

Asaka tumanida joylashgan Qurama mahallasining ichki ko‘chalari bir necha yillardan buyon ta’mirga muhtoj. Yo birorta homiy topilmaydi, yoki mas’ul mutasaddining parvoyiga kelmaydi. Bahonalar esa topilaveradi. Yomg‘ir yog‘sa, tizzadan loyning dastidan aholining tinkasi quriydi.

Mazkur hududdan xalq deputatlari Asaka tuman Kengashi deputatligiga saylangan Maxfuzaxon Axmedovaning o‘rganish ishlarini boshlashi ularning joniga oro kirdi.

-Kuz-qish mavsumida yog‘ingarchilik bo‘lmasaku bemalol yurish mumkin, - deydi Naziraxon Yusupova. – Yozda esa ko‘chadan ko‘tarilgan changga chidab bo‘lmaydi. Bir necha marta asfaltlashtirish uchun harakat qildik. Biroq qayerga bormaylik, mahallamizning davlat dasturiga “tushmagan”ligini aytishdi. Deputatimizning tashrifidan juda xursand bo‘ldik. Muammoga darhol yechim topildi. Shag‘allashtirish ishlari boshlanish arafasida.

Bugungi davr xalq noibidan yonib ishlashni, hech bir muammoga befarq bo‘lmaslikni talab qilmoqda. Endi mudrab o‘tirish yo‘q. Bugungi saylovchi kechagi saylovchidan har tomonlama farq qiladi. Aniqrog‘i, ishonch bildirib saylagan deputatidan murojaatining ijobiy javobini olmaguncha qo‘ymaydi. M.Axmedovaning aholi bilan uchrashuvi davomida ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olindi.

Albatta, amalga oshirilayotgan har bir xayrli ishlar xalqimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    363
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+