Paxtaobodda quyi bo‘g‘inlar soni ortyapti
21.01.2022, 15:35

Ayni kunlarda O`zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan joylarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, yangi BPT tashkil etish hamda a’zolikka qabul qilish masalalari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday targ‘ibot tadbiri Paxtaobod tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazildi.
Dastlabki tashrif tumandagi 3-MTT ga uyushtirildi. Muazzamxon O’rinboyeva rahbarlik qilayotgan mazkur muassasada 100 nafar ishchi-xodimlar 350 nafar bolajonlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Bugungi kunda ta’lim tashkilotida jami 19 ta guruh faoliyat yuritmoqda.
Olib borilgan muloqotlar natijasida muassasada partiyaning yangi boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilib, partiya a’zolari safi 30 nafarga ko‘paydi. Quvonarlisi, yangi a’zolarning 26 nafarini yoshlar tashkil etadi.
Partiya mas’ul xodimlari va muassasa ishchilari ishtirok etgan tadbirda yaqindan hamkorlik qilish borasida o‘zaro kelishib olindi hamda partiya safiga qo‘shilgan yangi a’zolarga O`zLiDeP guvohnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik 103 yoshli onaxon partiya a’zosi bo‘ldi
11.05.2022, 15:20
-
Tibbiyot xodimlarining 12 nafari partiya safiga qo‘shildi
07.05.2022, 14:47
-
O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi qoshidagi BPT faoliyati sarhisob qilindi
27.04.2022, 16:17
-
Qiziltepada faoliyat boshlagan uy bog‘chada BPT tashkil qilindi
25.04.2022, 15:20
-
Targ‘ibot natijasida korxonaning 50 nafar ishchi xodimlari partiyaga a’zo bo‘ldi
21.04.2022, 14:46
Fikringizni qoldiring