“Taraqqiyot strategiyasi: yoshlar – yangi o‘zbekiston bunyodkorlari”

21.01.2022, 15:39

“Taraqqiyot strategiyasi: yoshlar – yangi o‘zbekiston bunyodkorlari”

Bugun yurtimizda davlatimiz tomonidan yoshlarning har tomonlama barkamol va yetuk, Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘sha oladigan insonlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha sharoitlar yaratilib, katta e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmoqda. Zero, yoshlar – har qanday jamiyatning ertasidir.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “Taraqqiyot strategiyasi: Yoshlar – Yangi O’zbekiston bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Partiya viloyat Kengashi bo‘lim mudirlari, mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidan o‘rin olgan yoshlar masalasi borasida o‘zaro fikr almashildi.

Davra suhbatida so‘z olganlar so‘nggi besh yilda mamlakatimiz yoshlari hayotida tarixiy burilish yasagani, bunga “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni misol bo‘la olishi borasida to‘xtalishdi.

Shuningdek, mamlakatimizda yosh deputatlar 6 foizdan oshganiga e’tibor qaratarkan, buni yoshlarning o‘zlarini namoyon etishlari, siyosiy irodalarini ifoda etishlari uchun berilgan eng katta imkoniyat deya baholadi.

Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasidagi maqsadlarda ham yoshlar bilan ishlash, ularning qounniy manfaatlarini himoya qilish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berilgani qayd etildi.

Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan davra suhbatida taraqqiyot strategiyasidan 2022 yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o‘qishga yuborish ko‘lamini 2 baravarga oshirish, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilingan yoshlar ulushini 40 foizga yetkazish, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun infratuzilma yaratish, turli millat yoshlari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag‘rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan maqsadlar o‘rin olganini e’tirof etishdi.

Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, yoshlar Yangi O’zbekistonni barpo etishda doimo oldingi safda bo‘lishlarini ta’kidlashdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy ishlar bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    1441
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+