Deputat tomonidan oilaviy bolalar uyi tashkil etildi
21.01.2022, 15:44

Ayni paytda Jizzax viloyatida 4 ta oilaviy bolalar uyi tashkil etilgan bo‘lib, undan maqsad - viloyatdagi 29-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari hamda bugungi kunda ota-ona qaramog‘idan mahrum bolalarning jamiyatdagi o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Bu xayrli ishga xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, taniqli tadbirkor Sharofat Noriyeva ham bosh qo‘shdi.
Sh.Noriyeva rahbarlik qilayotgan “Xolmo‘minov Zohid” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi va “Gulchi opa tomorqachilik xizmati” MChJ klasterida gulchilik, paxtachilik, g‘allachilik, baliqchilik, parrandachilik, echkichilik sohalarida yaxshi natijalarga erishilmoqda. Bundan tashqari, fermer tomonidan “Olmachi” mahallasida tikuvchilik va “AKVA” sexlari, ikkita xususiy bog‘cha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, 80 ta doimiy va 200 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.
Sh.Noriyeva ana shu faoliyatlaridan tashqari yana bir ezgu ishga qo‘l urdi. Jizzax shahridagi 29-Mehribonlik uyidan 6 nafar bolalarni o‘z oilasiga qabul qilib, farzandlikka oldilar.
O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Jamoatchilik bilan aloqalar
va mafkuraviy ishlar bo‘limi
O'xshash yangiliklar
-
Deputat tashabbusi bilan ko‘chma svetofor o‘rnatildi
23.05.2022, 15:47
-
Xorazmda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi
18.05.2022, 14:57
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
-
Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi
16.05.2022, 15:31
-
Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
16.05.2022, 15:28
Fikringizni qoldiring