Faxriylar kengashi a’zolari ishtirokida muloqot o‘tkazildi

21.01.2022, 15:46

Faxriylar kengashi a’zolari ishtirokida muloqot o‘tkazildi

Onlayn tarzda tashkillashtirilgan tadbirda partiya Jizzax viloyat Kengashi raisi Erkin Xolmatov, partiya viloyat Faxriylar kengashi raisi, O’zbekiston Qahramoni Parda Ziyotov, partiya tuman Faxriylar Kengashlari raislari, deputatlar, partiya faollari ishtirok etdilar.

Ma’lumki, mamlakatimizda keksa avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi besh yil ichida bu borada 20 ta huquqiy-normativ hujjat qabul qilindi va 16 tadan ortiq me’yoriy hujjat takomillashtirildi. Nuroniylar uchun “Faxriy murabbiy” ordeni ta’sis etildi. 3 mingdan ortiq faol keksaning “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Har yili oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi”, 1 noyabrdan 30 noyabrgacha bo‘lgan davr esa “Keksalar turizm oyligi” deb e’lon qilinishi keksalarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatga molikdir. Xalqimiz, davlatimiz e’tibori, g‘amxo‘rligidan ilhomlangan nuroniylarning ijtimoiy faolligi oshib boryapti, ular ham mamlakat taraqqiyotida o‘zlarining o‘rni va hissasi borligini his etyaptilar. Bugungi kunidan rozi holda, tilda shukronalari hamda yoshlar tarbiyasidagi haqiqiy ibratlari bilan Vatanimiz ravnaqi yo‘lida harakat qilyaptilar.

Shu o‘rinda partiya hududiy partiya Kengashlari qoshida Faxriylar kengashini tuzilib, unga boy hayotiy va mehnat tajribasmga ega, el hurmatini qozongan faxriy partiya a’zolari kiritildi. Ayni paytda ular, partiyamizning mafkuraviy va siyosiy faoliyatini mustahkamlash, partiya faxriylarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni tayyorlash, partiya Kengashlari tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy-siyosiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazish va partiya faoliyatiga taalluqli boshqa ko‘plab ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashishga kirishdilar.

Onlayn muloqot davomida Faxriylar kengashi a’zolari tomonidan amalga oshiradigan ishlar samaradorligini oshirish masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. Eng dolzarb vazifalar belgilab olindi.

Dilshod Tursunboyev

 O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    213
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+