Mahallalarda “Tadbirkorlik sari ilk qadam” loyihasi doirasida muloqotlar tashkil qilinyapti

21.01.2022, 15:48

Mahallalarda “Tadbirkorlik sari ilk qadam” loyihasi doirasida muloqotlar tashkil qilinyapti

O`zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti Navbahor tumanida “Tadbirkorlik sari ilk qadam” mavzusida davra suhbatini tashkil etdi.

Tumanning “Beshrabot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 1- umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbir hududlarda yoshlarni tadbirkorlik sohasiga jalb etish, yosh tadbirkorlar sonini yanada ko‘paytirish maqsadida tashkil etildi.

Davra suhbatini Xalq deputatlari Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti apparat rahbari M.Eshniyozov ochib, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganligi, davlatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini rivojlantirish borasida qonun hujjatlarida bir qator imtiyoz, kafolat va huquqlar berilganligi, hozirgi kunda ham sohaga Prizedentimiz tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligi xususida misollar asosida so‘zladi.

Shuningdek, davra suhbati ishtirokchilari tomonidan hududlarda aholi qatlamini, ayniqsa, yoshlarni tadbirkorlik sohasiga jalb etish borasida  gapirishib,  tobora mustahkam o‘rin egallab borayotgan qatlam--tadbirkorlar, ishbilarmonlar, fermerlar manfaatlarini muhofazalash, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yanada mustahkamlash O`zLiDePning ustuvor dasturiy vazifalaridan biri ekanligi, shu bois partiya hamkor tashkilotlar, tadbirkorlik sub’ektlari, fermerlar va jamoat tashkilotlari bilan aloqalarni muntazam ravishda  samarali olib borayotganligi haqida to‘xtaldi. 

Partiya faoli “PARADISE GARDEN” MChJ direktori Sh.Turdiyevning tadbirkorlikni boshlash va uning sir-asrorlari xususidagi o‘z tajribalaridan kelib chiqib bergan ma’lumotlari ishtirokchilar uchun yanada qiziqarliroq bo‘ldi.

Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tumanning taniqli tadbirkoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishdi.

         O’zLiDeP Navoiy viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    240
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+