Yosh tadbirkor Nilufar Solmonova o‘zi kabi tengdoshlarini kasb-hunarga o‘rgatib kelmoqda

21.01.2022, 15:49

Yosh tadbirkor Nilufar Solmonova o‘zi kabi tengdoshlarini kasb-hunarga o‘rgatib kelmoqda

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi vakillari To‘raqo‘rg‘on  tumanida   yoshlar bandligini taminlash, ularni tadbirkorlikka jalb qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar olib bordi.

Partiya vakillari mazkur tumanda ish boshlagan “Shirinliklar dunyosi” sexi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. 23 yoshli qo‘li gul yosh tadbirkor Nilufar Solmonova boshqarib kelayotgan mazkur sexda shirinlik mahsulotlari tayyorlanyapti. Nilufarxon Solmonova yosh bo‘lishiga qaramasdan bugungi kunda o‘z qo‘l mehnati bilan o‘ndan ortiq turli xil shirinliklar tayyorlab, bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazayotgan hamda shu kasbi orqasidan mo‘maygina daromad topayotgan tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda Nilufarxon o‘zi kabi tengdoshlarini hunar o‘rgatib, o‘z oilaviy biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlarga yo‘nalishlar berib kelmoqda.

“Partiya ko‘magida biznes o‘quvlarda qatnashib, tadbirkorlikning sir-asrorlarini o‘rgandim. Imtiyozli kredit olib, o‘z biznesimni yo‘lga qo‘ydim. O’zim kabi tengdoshlarimni hunar o‘rganishlarini tavsiya bergan bo‘lardim.”-deydi yosh tadbirkor Nilufar Solmonova.

  • Ko'rildi
    385
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+