Deputat oqdaryolik yoshlar bilan ochiq muloqot qildi
21.01.2022, 15:51

O’zLiDeP Samarqand viloyat kengashi tashabbusi bilan Oqdaryo tumanida deputat va yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, xususan “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator masalalar muhokama qilindi.
Muloqotda “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va tuman Kengashi deputatlarining hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish borasida qator takliflar bildirildi. Xusasan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlariga yoshlar qanoti a’zolarini biriktirish orqali ularning yanada siyosiy faolligini oshirish, alohida faollik ko‘rsatgan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga olish, kelgusi deputatlik saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish takliflari bildirildi. Ayniqsa Oqdaryolik yoshlar tomonidan yoshlar qanoti faollarining Xalq deputatlari mahalliy Kengash sessiyalarida doimiy ishtiroki ta’minlanib borilishi bo‘yicha takliflar bildirildi.
Tadbirda O’zLiDeP Oqdaryo tuman Kengashi “Yoshlar qanoti” guruhi rahbarligiga partiya faoli Shodiyorxon Abdivoyitov saylandi.
Qodir Shoyimov,
O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Deputat tashabbusi bilan ko‘chma svetofor o‘rnatildi
23.05.2022, 15:47
-
Xorazmda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash borasida qilingan ishlar tahlil qilindi
18.05.2022, 14:57
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
-
Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi
16.05.2022, 15:31
-
Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
16.05.2022, 15:28
Fikringizni qoldiring