Eng faol tadbirkorlar partiyaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

21.01.2022, 15:55

Eng faol tadbirkorlar partiyaning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

O’zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi vakillari “IMAN” MChJ korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Mamlakatimizda xususiy mulk, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, bu yo‘ldagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida uzoqni ko‘zlab olib borilayotgan siyosat samarasida bugungi kunda mazkur soha milliy iqtisodiyotimizning chinakam tayanchiga aylandi. Davlat organlarining xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashuvini cheklashga doir izchil choralar ko‘rilib, iqtisodiy islohotlarning me’yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish orqali ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgani bu jarayonda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“IMAN”MChJ korxonasi rahbari Nizomiddin Botirov ayni paytda Mirzaobod tuman Kengashi deputati sifatida ham faoliyat olib borayapti. U korxonada ayni yoshlarning ish bilan ta’minlanishiga katta e’tibor bergani bois ham jamoada mirzaobodlik yoshlar faoliyat ko‘rsatishayapti. Korxonada dastlab 4 ta ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, hozirda ishchilar soni 30 nafarga yetdi.

- O’zLiDeP Mirzaobod tuman Kengashi bilan hamkorlik ham partiya, ham tadbirkorlik yo‘nalishidagi maqsadlarimizni birlashtirib, korxona jamoasining  faol a’zolarimiz qatorida ekanligidan xursandmiz. Albatta, ezgulik va yaratuvchanlik yo‘lida birgalikda kuchmiz, - deya e’tirof etdi Kengash raisi X.Sulaymonov.

Korxona rahbari N.Botirovga partiya dasturidagi vazifalarni yuqori darajada olib borayotganligi uchun partiyaning Tashakkuronmasi bilan taqdirlandi.

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+