O'zLiDeP “Ayollar qanoti” faollari oilaviy korxona faoliyati bilan tanishdi
21.01.2022, 16:03

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi “Ayollar kanoti” bo‘limi tomonidan Urganch shahri “Jaloliddin Manguberdi” mahallasida joylashgan “Dilnoza” oilaviy korxonasida “Tadbirkorlik-davr talabi” mavzusida muloqot tashkil etildi.
Ushbu korxona 3 xil turdagi non mahsulotlarini ishlab chiqaradi. 2019 yilda korxona rahbari Dilnoza Qurbanova “Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan 78 mln so‘mlik imtiyozli kredit olib, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan edi. Hozirgi kunda korxonada oyiga 12 tonna undan non mahsulotlari tayyorlanmoqda. Korxonada mahalladagi 18 nafar xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlangan. Ishchilar 2 smenada, kuniga 1000 dona non yopib, aholini uzluksiz non mahsulotlari bilan ta’minlab kelishmoqda.
O'zLiDeP viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” faollari korxonada bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar, ishchi-xizmatchilar bilan suhbatlar olib bordilar.
-Kelasi yildan boshlab faoliyatimizni kengaytirish niyatidamiz. Ish faoliyatimizni yanada kengaytirsak ichki bozorimizni sifatli, arzon mahsulotlar bilan ta’minlash bilan birga yangi ishchi o‘rinlarini yaratish imkoniga ham ega bo‘lamiz, - deydi korxona rahbari D.Qurbanova.
O’tkazilgan muloqotlar jarayonida O'zLiDeP viloyat Kengashi xodimlari korxonaning istiqboldagi rejalari, muammolari va takliflarini o‘rgandi hamda partiyaning dasturiy maqsad va g‘oyalari, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirayotgan ustuvor vazifalari to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.
Muloqotlar yakunida korxonaning bir guruh ishchilariga partiyaning estalik sovg‘alari topshirildi.
Musharraf Raximova
O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi
ayollar bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol - 2022” ko‘rik –tanlovining Qo‘ng‘irot tuman bosqichi o‘tkazildi
23.05.2022, 15:45
-
Shahrisabzning ishbilarmon ayollari saralandi
23.05.2022, 15:42
-
Shayxontohurlik eng faol ishbilarmon ayol 45 nafar ishsiz xotin-qizlarni o‘qitib bandligini ta’minladi
23.05.2022, 15:39
-
Tadbirkorning yana bir rejasi amalga oshdi
23.05.2022, 15:37
-
Kreditlar maqsadli sarflanyaptimi?
18.05.2022, 14:54
Fikringizni qoldiring