Partiya faoli jamiyatda ayollarning o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashmoqda

24.01.2022, 14:55

Partiya faoli jamiyatda ayollarning o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashmoqda

So‘nggi yillarda yurtimizda ayollarni ijtimoiy himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash, iste’dodi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining markaziga qo‘yildi.

Bu borada barcha hududlarda ayollarni qiynayotgan muammolarni aniqlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borish uchun yangi tizim – “Ayollar daftari” joriy etildi. Natijada so‘nggi 3 yilda 400 mingga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.

O’zLiDeP ham ijtimoiy biznesni rivojlantirish orqali xotin-qizlar bandligini ta’minlash tarafdori.

Mana shunday oliyjanob maqsadlardan kelib chiqib, O’zLiDeP Yuqori Chirchiq tuman Kengashi “Ayollar qanoti” faoli Elmira Mirzayeva tashabbusi bilan 5 nafar ishsiz xotin-qizlar ayollar sartaroshligi hunariga bepul o‘qitildi.

3 oydan ortiq vaqt mobaynida “Elmira” go‘zallik salonida ayollar sartaroshligi yo‘nalishida o‘z ishini boshlashni istovchi xotin-qizlarga hunar sirlari o‘rgatildi.

Partiya faoli Elmira Mirzayeva o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, o‘quv kursini bitirgan shogirdlariga ish boshlashlarida zarur bo‘lgan tegishli ko‘rsatmalarni berdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+