BPT a’zolari mahallalarda faollikni kuchaytirmoqda

24.01.2022, 14:57

BPT a’zolari mahallalarda faollikni kuchaytirmoqda

Ma’lumki, joriy yil Prezidentimiz tomonidan “Inson qadrini ululg‘lash va faol mahalla yili”, deb e’lon qilindi. Ayni paytda barcha mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va shu asosda yangi ish o‘rinlari yaratish, obodonchlik ishlariga doimiy e’tibor qaratish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va shu kabi bir qator ishlarni amalga oshirishda joylardagi O‘zLiDeP  boshlang‘ich partiya tashkiloti a’zolari ham faollik ko‘rsatmoqdalar.

Sh.Rashidov tumanidagi “Samarqand quduq” MFY hududida tashkil etilgan va tajribali partiya faollaridan biri Guljamol Fayziyeva yetakchilik qilayotgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti 102 nafar maslakdoshlarimizni o‘z saflariga birlashtirgan. BPT a’zolari hududdagi muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilishdi, tadbirkorlikni rivojlantirishda deputatlarga yaqindan ko‘makchilik qilib kelmoqdalar.

Ayni paytda quyi bo‘g‘in a’zolari – tadbirkor Mavluda Safarova, Setora Bekmurodova va boshqalar, mahallada ayollar bilan ishlashni kuchaytirish, ayniqsa, ish bilan band bo‘lmagan qizlarni kasb-hunar markazlariga o‘qishga jalb qilish, ularning oilaviy tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida faol sa’y-harakatlar olib bormoqdalar.

Boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tgan navbatdagi muloqotda ham aynan shu masalalar muhokama qilinib, mahalladagi hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan birgalikda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.

Oybek Umrzoqov,   

O‘zLiDeP  Jizzax viloyat kengashi

 bosh konsultanti

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+