Kattaqo‘rg‘on shahrida mahallalardagi 20ga yaqin yoshlar yetakchilari O’zLiDeP a’zolari safiga qabul qilindi

24.01.2022, 15:03

Kattaqo‘rg‘on shahrida mahallalardagi 20ga yaqin yoshlar yetakchilari O’zLiDeP a’zolari safiga qabul qilindi

Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan barcha mahallalarda yoshlar yetakchilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash aynan O’zLiDePning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib Kattaqo‘rg‘on shahrida “O’zLiDeP va mahalladagi yoshlar yetakchisining hamkorligi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.      

Tadbirda partiyaning mahallalarning yoshlar yetakchilari bilan hamkorligini kengaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Xususan, partiyaning yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida barcha tuman (shahar) Kengashlari qoshida “Yoshlar qanoti” guruhi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu guruh faoliyatini yanada jonlantirish, guruh a’zolari tarkibiga shijoatli, yangicha fikrlaydigan, tashabbuskor yoshlarni, jumladan mahallalardagi yoshlar yetakchilarini ham jalb etish, partiyaning yoshlar yo‘nalishidagi amaliy tadbirlari va loyihalarini tumanda samarali tashkil etish, shuningdek yoshlarning deputatlar bilan yaqin hamkorligini kuchaytirish borasidagi qator masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda shuningdek “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari va tuman Kengashi deputatlarining hamkorlikdagi faoliyatini kuchaytirish borasida ham qator takliflar bildirildi. Xusasan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlariga yoshlar qanoti a’zolarini biriktirish orqali ularning yanada siyosiy faolligini oshirish, alohida faollik ko‘rsatgan yoshlarni partiyaning amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasiga olish, kelgusi deputatlik saylovlarida deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatish takliflari bildirildi.

Tadbir doirasida 20 nafarga yaqin mahallalarning yoshlar yetakchilari O’zLiDeP a’zolari safiga qabul qilindi. Partiya a’zoligiga qabul qilingan mahallardagi yoshlar yetakchilari “Yoshlar qanoti” guruhi a’zolari tarkibiga kiritildi. Tadbirda tashkiliy masala ko‘rilib “Yoshlar qanoti” guruhi rahbari saylandi.

Qodir Shoyimov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    201
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+