O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” vakillari qibraylik yosh tadbirkorning faoliyati bilan tanishdilar

24.01.2022, 15:08

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” vakillari qibraylik yosh tadbirkorning faoliyati bilan tanishdilar

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Umidali Xaydarov boshchiligidagi “Yoshlar qanoti” faollari namunali korxonalardan biri Qibray tumanidagi “Jonibek Fayz prof” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdilar.

Korxonaga tashrif buyurgan “Yoshlar qanoti” faollari yosh tadbirkorning tajribasi hamda ish olib borish uslubini ko‘zdan kechirib, o‘zaro fikr almashishdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, partiya viloyat Kengashi “Yoshlar qanoti” faollaridan biri bo‘lgan qibraylik Shaxboz Abduxafizov ham o‘z tengdoshlarini ish bilan ta’minlagan ilg‘or tadbirkorlardan.

“Profnastil mahsulotlari qayta ishlanadigan kichik korxonamizda hozircha 5 nafar xodim faoliyat yuritadi. Bunday natijaga erishishimizda davlatimiz tomonidan yoshlar qo‘llab-quvvatlanib, ularning o‘z biznesini tashkil etishi uchun barcha imkoniyatlar, eng qulay shart-sharoitlar yaratib berilgani sabab bo‘ldi. Bunga javoban, kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratmoqchimiz”, - deydi kichik korxona rahbari Shaxboz Abduxafizov.

Tashrif so‘nggida yosh tadbirkorni rag‘batlantirish maqsadida partiya viloyat Kengashining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    260
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+