Quyoshli yurtdagilar deputatdan yolchishgan

24.01.2022, 15:10

Quyoshli yurtdagilar deputatdan yolchishgan

Denov tuman "Quyoshli yurt" mahallasida yashovchilar deputatdan anchagina yolchishgan. Sababi u yerda 5-"O’rikzor" saylov okrugidan O’zLiDeP tuman Kengashi deputatligiga tirishqoq va tashabbuskor S.Rashidova saylangan.

Bugun mahalladagi o‘zgarishlardan keyin odamlar saylab to‘g‘ri qilgan ekanmiz, degan xulosaga kelishmoqda.

Chunki aholi o‘z deputatiga doim muammolarini emin-erkin ayta oladi. Mana yaqinda ham odamlarning mahalla ko‘chalaridagi eski simyog‘chlarni almashtirish, ta’mirtalab ko‘chalarni esa asfalt qilish bo‘yicha murojaati amaliy yechim topdi.

Deputat qolgan ishga qor yog‘ar deya, darrov Denov tuman hokimi R.Pardayevga ichki yo‘llar ta’mirtalab bo‘lib qolgan ko‘chalarni asfaltlash to‘g‘risidagi taklifi va murojaatini so‘rovnoma orqali yetkazdi. Uning murojaatiga asosan, mahalladagi Saxovat ko‘chasining 1700 metr ichki yo‘liga asfalt qoplamasi yotqizildi. Yana uchta ko‘chadagi eski simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirildi. Bundan mahalla ahli ham minnatdor bo‘lishdi.

"Men bor-yo‘g‘i tuman deputati bo‘lsam, odamlarni muammosini hal qilish uchun hech qanday moliyaviy imkoniyatim bo‘lmasa" deydiganlarga shu kichkina harakatni o‘rnak qilib aytmoqchiman. Ishni o‘zini bilguncha, ko‘zini bilish mana bunaqa bo‘ladi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    41
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+