Xorazmdagi agroklasterlar faoliyati bilan tanishildi

24.01.2022, 15:19

Xorazmdagi agroklasterlar faoliyati bilan tanishildi

Oliy  Majlis  Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Aktam Xaitov tomorqa yer egalarining faoliyati bilan yaqindan tanishish va ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, hal qilishda amaliy yordam berish maqsadida  Xorazm viloyatida bo‘ldi.  

Dastlab, Spiker o‘rinbosari Gurlan tumanidagi “Maxsud Manzura tomorqa xizmati” MChJ klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, mahalla faollari ishtirokida "Gurlan Anvarbek tomorqa xizmati" MChJ tomonidan gidroponika usulida bug‘doyni undirish va undan chorva mollari, parrandalar hamda baliq uchun ozuqa sifatida foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyiha taqdimoti o‘tkazildi.

Ishtirokchilar tumandagi quyonchilik bilan shug‘ullanuvchi “Tozayorgan chorva” MChJda ham bo‘lishdi. Tadbirkor bilan kelgusidagi rejalari bilan o‘rtoqlashildi. Bu yerda 500 bosh quyonlar boqilib aholiga kredit asosida yetkazib berilmoqda. Spiker o‘rinbosari quyonchilik bilan birga parrandachilikni ham rivojlanitirish, broller jo‘jalarini yetishtirib aholiga sifatli go‘sht mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 

Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari asalarichilik bilan uzoq yillardan beri shug‘ullanib kelayotgan “Yormish” mahallasida yoshovchi Axmedova Saida xonadonida bo‘ldilar. Tadbirkor ayol bilan suhbat jarayonida asalni  tayyorlash, uni qadoqlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Asalchi opaga qarashli do‘konda asalarichilik va tomorqachilik ilmini o‘rgatuvchi o‘quv markaz, qadoqlash sexi va penoplasdan asalari uyalari uchun qutilar ishlab chiqarishni tashkil qilishda Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kredit ajratiladigan bo‘ldi.

Keyingi manzil Qo‘shko‘pir tumanidagi “Temur qalmiq” agroklasteri bo‘ldi. Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qullab-quvvatlash, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida fuqarolarga parranda, quyon, echki, qoramol va asalari uyalari tarqatish va aholini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy qilish maqsadida o‘rganishlar olib borildi.

Agroklasterda 12 xil yo‘nalish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, tomorqa yerlariga xizmat ko‘rsatuvchi traktor-texnika parki,  urug‘, kimyoviy moddalar, o‘g‘itlar va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetkazib beriuvchi agrodo‘kon, 15 840 dona jo‘ja ochuvchi avtomatlashgan inkubator, issiqxona qurilishi va montaji xizmati, kuniga aholidan 2 tonna sutni qabul qilish va uni qayta ishlash xajmiga ega tsehi, kuniga 12 000 litr suv ishlab chiqarish hajmiga ega tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetazib berish xizmati, kuniga 1000 ta g‘isht blok ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qurilish uchun zarur shlakoblok ishlab chiqarish sexi, har bir mavsumda 2 tonna baliq yetishtirishga mo‘ljallangan hovuz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Spiker o‘rinbosari muloqotlar jarayonida hokim yordamchilari, mahalla rasilari va tuman mutasaddilari bilan mahallalardagi kambag‘allikni qisqartirishda mazkur agroklaster imkoniyatlaridan foydalanish, aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, shu orqali ishsiz fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishini ta’minlash va daromadlarini oshirish lozimligi borasida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.  Mahallalardagi hokim yordamchilari bilan birga hamkorlikni yanada kuchaytirib tomorqachilikni yanada rivojlantirish, mazkur tomorqa xizmati klasteri qoshida o‘quv markazini ochish, tomorqachilikka qiziquvchi yoshlarni jalb etish bo‘yicha kelishib olindi.

Nasiba Vaisova,

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    501
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+