Deputat mahalladagi muammoga yechim topdi

24.01.2022, 15:57

Deputat mahalladagi muammoga yechim topdi

Baliqchi tumani Botir mahallasiga qarashli Oromgoh ko‘chasining 5 kilometr ichki yo‘li abgor holatda. Yog‘ingarchilik ko‘cha ahlini zada qilgan. Deputat ushbu ko‘chaning ahvoliga bee’tibor bo‘lmadi. Kimdir murojaat qilishini ham kutmadi. Mazkur ko‘cha xonadonlarini o‘rganish jarayonida o‘zi guvoh bo‘lgan muammoga yechim topib qo‘ya qoldi. Mutasaddilarning ko‘magi bilan shu kunning o‘zidayoq mazkur yo‘lga shag‘al yotqizish ishlari boshlandi.

Hududlarni obodonlashtirish, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar holidan habar olish, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bor shaxslarga moddiy, moliyaviy va ma’naviy ko‘maklashish singari savob va xayrli ishlar zamirida millatimizga xos insoniy fazilatlar mujassam ekanligi ayondir. Ta’mirtalab, yozda chang, qishda esa loy bo‘lib qoladigan yo‘llarni epaqaga keltirish 21-“Botir” saylov ogrugidan deputatlikka saylangan jonkuyar deputat Xursanoy Abdullayevaning doimiy rejasida bo‘lib, ushbu yo‘nalishdagi ishlarda ham o‘tgan davr mobaynida muayyan natijalarga erishildi.

Mana shunday o‘ziga yuklatigan vazifaga sidqidildan yondashadigan xalq noiblari bor ekanligi ularga bo‘lgan ishonchning ortishiga xizmat qiladi. Ular mas’uliyat bilan qadam tashlaydilar. Zimmasidagi xalqqa kamarbastalik, yelkadoshlikni yurak bilan his qiladilar, vijdon ko‘zi bilan ko‘radilar.

  • Ko'rildi
    214
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+