Chiroqchilik uy bekasi 4 sotix issiqxonadan 40 mln. so‘m daromad topyapti

26.01.2022, 10:47

Chiroqchilik uy bekasi 4 sotix issiqxonadan 40 mln. so‘m daromad topyapti

Chiroqchi tumanidagi Pakandi qishlog‘ida istiqomat qilayotgan Feruza Bekmurodova “ayoli tadbirkor bo‘lgan oila gullab yashnaydi”, deb hisoblaydi. Bunga u o‘ziningg 4 sotix issiqxonasida yil bo‘yi pomidor va bodring yetishtirib, ichki bozorni ta’minlayotgani, 30-40 mln so‘m daromad topayotganini misol qilib ko‘rsatadi.

Shu hududda yashovchi ayollarning qiziqishini hisobga olib, O’zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi huzurida tashkil etilgan "Tadbirkor ayollar muammolarini o‘rganish markazi" a’zolari Feruza Bekmurodova xonadonida to‘planishdi. Bu hovliga kirgan deputatu partiya faollarining dili yayradi. “Har bir oila – tadbirkor” dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda shu ishbilarmon ayol xonadoni “master-klass” o‘tkazish uchun eng maqbul maskan, deya e’tirof etishdi.

-Bundan men juda xursand bo‘ldim, - deydi F. Bekmurodova. –Bo‘lmasa, men ham o‘ziga to‘q oila emas edim. Ro‘zg‘orda qiyinchiliklar ko‘p bo‘lgan. Issiqxona barpo etganimizdan so‘ng ishimiz yurishib ketdi. Uy-joyimizni yaxshilab oldik, to‘y qildik, hozir eng to‘q oilalardan birimiz. Kambag‘allikni qisqartirishda issiqxonalardan foydalanishning, mehnatsevarlikning ahamiyati nihoyatda katta. Bugun ko‘plab opa-singillarim mening uyimda mehmon bo‘lib, qilgan ishlarimni ko‘rib, ibrat olishdi. Ularga men “erinchoqlik – daromadning dushmani, har doim chaqqon va serharakat bo‘ling” deb nasihat berdim. 

Uyda bekor o‘tirmasdan o‘z halol mehnati ortidan boyod-shoyod yashayotgan shunday opa-singillarimiz bor ekan, albatta, turmushimiz yanada farovon bo‘ladi.

  O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    40
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+