Mutasaddi rahbarlarning hisoboti qoniqarsiz deb topildi

26.01.2022, 16:04

Mutasaddi rahbarlarning hisoboti qoniqarsiz deb topildi

O‘zLiDeP To‘raqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdagi deputatlik guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman kengashi deputatlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi raisi M. Begmatova, O‘zLiDeP viloyat Kengashi bo‘lim mudiri E. Jo‘rayev, D. Xolmatovalar ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar tuman hudud gaz ta’minoti bo‘limi hamda tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasining 2021 yilda amalga oshirilgan ishlari va 2022 yilga rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan tashkilot rahbarlarining hisobotlarini eshitishdi. Bahs-muzokaralar savol-javoblar va munosabatlarga ulandi.

Xulosada tuman ichimlik suvi korxonasi rahbarining hisoboti qoniqarsiz, deb baholandi hamda tuman kengashi sessiyasiga masala qilib qo‘yishga taklif berildi.

  • Ko'rildi
    174
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+