Mahalladagi muammolar deputatlar nazoratiga olindi
26.01.2022, 16:06

Xalq deputatlari Tuproqqala tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Sultonboy Axmedov va Ilxomboy Qalandarovlar "Sharlauq" mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashdilar.
Sayyor uchrashuvda aholini qiynab kelayotgan muammolar, ichimlik suvini xonadonlarga kiritish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, tungi chiroqlarni o‘rnatish, mahallaga o‘tadigan kanal ko‘prigining yaroqsiz holga kelib qolganligi va shu kabi ko‘plab ijtimoiy muammolar ko‘tarildi, ularning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi.
Aholi ichki yo‘llarning ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligidan norozi. Yomg‘ir va qor yog‘ishi bilan ushbu yo‘llardan yurishda aholi qiynaladi. Yozda esa odamlar chang to‘zon ostida qoladi. Ushbu muammolar deputat nazoratiga olindi, mutasaddi rahbarlar yechim topishga va’da berishdi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan shu kabi savollarga va og‘zaki murojaatlariga deputatlar, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan aniq javoblar oldilar. O’rganish talab qiladigan boshqa masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
-Furqat ko‘chamizdagi 6 ta xonadon ichimlik suviga ulanmay qolgan edi. Bugungi sayyor qabulda mazkur muammo deputatimiz ko‘magida joyida hal etildi. Tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi xodimlari shu kunning o‘zida kelib ichimlik suvi quvirini xonadonimizga o‘rnatib berdilar. Deputatimizdan minnatdormiz, doim muammolarimizni bartaraf qilishga jon kuydiradi, - deydi Norjon Ismoilova.
Ozoda Qalandarova,
O‘zLiDeP Tuproqqala tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Deputat hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda mahalladagi muammolarni o‘rgandi
16.05.2022, 15:33
-
Deputatlar bir guruh ibratli oila sohibalarini rag‘batlantirdi
16.05.2022, 15:31
-
Deputatlik eshituvi: Samarqand tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
16.05.2022, 15:28
-
Deputatlik eshituvi: Nurobod hokimining o‘rinbosari yerlarning auksion orqali ajratilishi bo‘yicha hisobot berdi
13.05.2022, 16:49
-
Deputatlar saylovchilarning murojaatlarini joyida hal qildi
13.05.2022, 16:44
Fikringizni qoldiring